Shubxali taomlar

Assalomu alaykum! Man Moskva shaxrida yashayman, bu erda oshxonalarda katta qilib Xalyal deb yozib qo‘yishadi, shu erga kirib bemalol ovqatlansak bo‘ladimi? Muommo shundaki xozirgi ko‘p musulmonlar o‘ylashadiki mol go‘sht, tavuq go‘sht bo‘lsa bo‘ldi xalol deb o‘ylashadi, uni Bismilloh deb so‘yish kerakligi bilishmaydi. Shu xolatda ovqatlarni surushtirib eyishimiz kerakmi? Yoki xalyal deb yozilganku deb eyaveraylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan.Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi.  Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi.Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 22:24 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar