Tizzadan baland shortik

Assalomu alaykum! Uyda mahramlar, onam va singlim oldida tizzadan baland futbol shortiklarini kiysa joizmi? Havo issiqligi uchun kiymoqchi edim, zikr ahlidan so‘rab olay dedim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tizza avrat hisoblanadi. Jinsiy a’zoni ochilganichalik va ko‘rsatganchalik gunoh bo‘lmasada avratni ko‘rsatgan degan gunoh bo‘ladi. Avratni ko‘rsatish harom amal. Bola o‘zining onasini emgan ko‘kragini ko‘rishi joiz, shunday bo‘lsada ona emizgan ko‘kragini balog‘atga etgan bolasining oldida ochib o‘tirishi axloqsizlikka kirganidek, siz aytgan ish ham shar’an joiz emas. Siz so‘rab to‘g‘ri qilibsiz. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 22:46 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar