Gunohlarning kechirilishi

Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu alaykum! Muhtaram ustoz! Haj qilgan insonning haji mabrur bo’lsa, o’tgan gunohlari barchasi kechiriladi deb eshitgan edim.Bu ham islom asoslari shariat ahkomlarida ilmiy asosga e’gami? Tashakkur va e’htirom ila, O’sh shahridan Odiljon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Albatta, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari bor.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kim Alloh uchun haj qilsa, fahsh so‘z aytmasa va fisqu fasod qilmasa, xuddi onasi uni tuqqan kundek qaytadi», dedilar».

4 May 2022, 22:57 | Savol-javoblar | 144 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar