Oq sochni bo‘yash
Assalomu alaykum! Tanishim so‘rab berishimni so‘radi. Agar odamni sochi bevaqt oqargan bo‘lsa va o‘zining sochini asli rangi qora bo‘lsa, sochini bo‘yashda qanday yo‘l tutishi kerak. Masalan sochi qora odam xinnoni qizg‘ish yoki to‘q chigarrangidan suritsa sochi xunuk bo‘lib qoladi. Yosh yigitda oq soch bo‘lsa xam juda xunuk ko‘rinadi. Rosulullox sollaloxu alayxi vassalam sochni qop qoraga bo‘yashdan qaytargan ekanlar, lekin sochi qora odam sochini boshqa rangga bo‘yasa, aksincha Alloh taolo yaratgan narsani aslini o‘zgartirgan bo‘lmaydimi. Bu xolatda sochni bo‘yash, uni to‘qroq yoki chiroyliroq ko‘rsatish maqsadida emas, albatta. Balki zarurat yuzasidandir. Shuning uchun sochi oqargan yigit sochini qop qoraga emas, balki o‘zining sochini asli rangi bo‘lmish kulrang va qora o‘rtasida bo‘lgan rangga bo‘yashi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qoraga bo‘yashdan qattiq saqlanish kerak. Inson dunyoga shu kabi sinovlar bilan imtihon qilinish uchun kelgan. Kimdadir unda kimdadir bunday bo‘ladi. Kimgadir zino qilarmikin yoki yo‘qmi deb shahvat beriladi. Yana kimgadir Bizni amrimizni qiladimi yoki yo‘qmi deb sochini oqartirib qo‘yadi. Shu o‘rinda bandaga qaysi yo‘lni tanlash ixtiyori beriladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:03 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar