O‘zbekitonda ishlab chiqarilgan mahsi paypoq haqida
Assalomu alaykum! O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsi paypoqni kiysa bo‘ladimi? Ushbu maxsi Abdujalil Anorboy tomonidan ishlab chiqarilgan. Shuni joizligi haqida ma’lumot bersangizlar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘rttala mazhabning birortasida ham hozirgi sintetik yoki jundan to‘qilgan paypoqlarga mash tortish joiz emas. Hanafiy ulamolaridan “Badoe’ ussanoe’” kitobining muallifi “فان كان رقيقين يشفان الماءلايجوز المسح عليهمابالإجماع” البدائع الصنائع “Agar oyoq kiyimi yupqa va birdaniga suvni o‘tkazadigan bo‘lsa ulamolarning ijmosiga ko‘ra unga mash tortish joiz bo‘lmaydi” deyilgan. ” ولا يجوز المسح على الجورب الرقيق من غزل أو شعر بلاخلاف ولو كان ثخينايمشي معه فرسخا فصاعدا …. …..فعلى الخلاف البحرالرائق Ibn Nujaym rahmatullohi alayh ip va yungdan to‘qilingan yupqa paypoqlarga mash tortib bo‘lmaydi, bunda hech qanday xilof yo‘q. Garchi bir farsah yoki undan ko‘proq yuradigan bo‘lsa ham.
Ulamolar “Oyoq yuvish farz amal, uning o‘rniga mash tortish joiz bo‘lishi uchun mutavotir hadis kerak bo‘ladi. Mahsiga mash tortish borasida etmishta sahobadan hadis rivoyat qilingan. Jun yoki ipdan to‘qilgan paypoqqa mash torish to‘g‘risida birorta ham sahih hadis yo‘q. Mabodo teridan boshqa narsadan mahsi yasalgan bo‘lsa unda mashsining shartlari topilishi shart” deganlar va quyidagi shartlarni keltirganlar.
Mahsiga mash tortishning sharti uchtadir:
1. Qadamni to‘piqgacha yopuvchi bo‘lishi;
2. Oyoqqa kiyilgan bo‘lishi (oyoqdan boshqa joyga kiyilgan terilarga mash tortish joiz emas);
3. Odatdagi yurishda uzuluksiz bir farsax yoki undan ko‘proq (masofa)ni bosib o‘tishga yaroqli bo‘lishi.
Jun va paxta tolasidan bo‘lgan paypoqga mash tortish
Jun yoki paxtadan tayyorlangan oyoq kiyimga arab tilida “javrab” deyiladi. Agar javrabni ikki tomoni osti va ustiga tufug‘icha teri qoplangan bo‘lsa, uni arab tilida mujallad deb aytiladi. Agar ostiga teri qoplangan bo‘lsa, muna’al deyiladi. Agar oyoq kiyim teridan tayyorlangan bo‘lsa, “xuff (mahsi)” deyiladi. Xuff, mujallad va suvni o‘ziga tortmaydigan, qalin, oyoqda mustaqil o‘zi turaoladigan muna’allarga mash tortish mumkin. Agar javrab na mujallad va na muna’al bo‘lsa, saxiyn bo‘lishi kerak. Mujallad va muna’al bo‘lmagan qalin oyoq kiyimlarga mash tortish borasida ixtilof bor. Aslida mahsiga mash qilish durust bo‘lishi uchun uchta, javrabga esa u uchta bilan birga yana to‘rtta shart topilishi lozim. Shartlar haqida “Durrul muxtorda” shunday keltirilgan: شَرْطُ مَسْحِهِ ثَلَاثَةُ أُمُورٍ: الْأَوَّلُ كَوْنُهُ سَاتِرَ الْقَدَمِ مَعَ الْكَعْب ِوَالثَّانِي كَوْنُهُ مَشْغُولًا بِالرِّجْلِ وَالثَّالِثُ كَوْنُهُ مِمَّا يُمْكِنُ مُتَابَعَةُ الْمَشْيِ الْمُعْتَادِ فِيهِ فَرْسَخًا فَأَكْثَر َإلَخْ إلى أن قال أَوْ جَوْرَبَيْهِ الثَّخِينَيْنِ بِحَيْثُ يَمْشِي فَرْسَخًا وَيَثْبُتُ عَلَى السَّاقِ بِنَفْسِهِ وَلَا يُرَى مَا تَحْتَهُ وَلَا يَشِفُّ. (Yuqoridagi shartlar bilan bir qatorda javrabga mash tortishda quyidagi to‘rtta shartni ilova qilinadi)
1. Bir farsax yurish mumkin bo‘lgan darajada qalin bo‘lishi,
2. (Rezina) va bog‘ichsiz o‘zi oyoqda turadigan bo‘lishi,
3. Ustidan osti ko‘rinmaydigan bo‘lishi,
4. O‘ziga suv tortmaydigan bo‘lishi (Raddul muxtor. J. I. B. 179).
Paypoqda yuqoridagi to‘rta shart topilsa, u holda unga mash tortish joiz bo‘ladi. Ular: oyoqni to‘pig‘igacha yopib turishi, oyoqda turishi, u bilan odatiy yurishda uch mil (4 km 830 sm.) masofani bosib o‘tishi va namlikni o‘ziga tortuvchi bo‘lmasligi kabi to‘rtta shart paypoqga mash tortishni belgilab beradi. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan va xalq orasida keng tarqalgan paypoqlarda bu shartlar topilmaydi. Shu bois ularga mash tortish joiz emas.
Jundan tayyorlangan mahsiga mash tortish
Masala: Paxta va jundan tayyorlangan oyoq kiyimlarda quyidagi shartlar topilsa, ularga mash tortish mumkin:
1. Paypoq qalin, puxta, pishiq bo‘lishi, u bilan uch mil (4 km 830 sm.) masofani bosib o‘tish mumkin bo‘lsin. Agar belgilangan masofani hali bosib o‘tmay paypoq yirtilib ketsa, unga mash tortish mumkin emas;
2. Paypoq boldirgacha mustaqil bog‘ichsiz tura olishi. Agar bog‘ich yoki rezinkasiz boldirdan pastka tushib ketsa, bunday paypoqlarga mash tortish joiz emas;
3. Suvni o‘ziga tortmaydigan va suv sizib kirmaydigan bo‘lishi;
4. Tashqaridan ichkarisi ko‘rinib turadigan bo‘lmasligi, ya’ni paypoqni ko‘zga yaqinlashtirib qaralganda hech narsa ko‘rinmasligi (Imdodul fatavo. J. II.B. 207). كَما قَالَ الشامِي : وَأَنَّهُمْ أَخْرَجُوهُ لِعَدَمِ تَأَتِّي الشُّرُوطِ فِيهِ غَالِبًا Chunonchi Shomiyda: “Aksariyat holatlarda shartlar un (paypoq)da mavjud bo‘lmagani bois, uni (mash tortish mumkin bo‘lgan oyoq kiyimlar safidan) chiqarib tashladilar” (Raddul muhtor. J. I. B. 248).
Nabiy sallollohu alayhi vasallamdan matodan bo‘lgan paypoqga mash tortish sobit bo‘lganmi?
Savol: Kundalik kiyiladigan paypoqlarga mash tortish joizmi yoki durust emasmi? Men bu haqda bir hazratdan so‘radim. U kishi bu savolning javobida Rasululloh sallollohu alayhi vasallam matodan tayyorlangan paypoq kiyganlar, lekin uning yupqa yoki qalinligi haqida aniq qaydlar yo‘q deb, ta’kidlagan.
Javrabga mash tortish tanqihul manot (illatlarni saralash) tariqasiga ko‘ra sobit bo‘lganini doimo yodda tutish lozim. Uch shart to‘liq topilgan javrablar xuff (mahsi) hukmida bo‘ladi va ularga mash tortish mumkin. Javrabga mash tortish borasida kelgan xabarlarning barchasi za’ifdir, ya’ni xabari vohidning eng quyi darajasi hisoblanadi. Xabari vohid bilan Alloh taoloning Kitobidagi oyoqni yuvishga ziyoda qilinmaydi. Javrabni mutavotir hadislar bilan sobit bo‘lgan “Xuff”ga tanqihul manot tariqasida bog‘lab mahsi tortishga ruxsat berilgan (Darsi termiziy. J. I. B. 324).
Siz so‘ragan mahsida joizlik shartlari topiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 141 | Tahorat