Shisha buyum(Butulka) ishlab chiqarish

Assalomu alaykum! Biz shisha buyum ishlab chiqarish zavodida ishlaymiz ishlab chiqarilgan buyumga (butыlka) aroq, limonad, inergetik ichimliklar quyuladi. Asosan ko‘p chiqariladigani spirtli ichimliklarga tegishli. Biz ishlaydigan zavodda faqat butilkasi ishlab chikariladi va chiqib ketadi va boshqa zavodlarda quyiladi. Zavod 500dan ziyod insonni ish bilan taminlaydi. Xozirda ko‘p ishchilar orasida muzokaralarga sabab bo‘lmoqda. Bizni ish xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Faqat mast qiluvchi ichimlikdan boshqa narsaga ishlatilmaydiganini yasab berish joiz emas. Bu qotilligini bilib turib unga odam o‘ldirishi uchun pichoq yasab berish bilan teng. Mast qiluvchilar haqida hadisda quyidagicha keladi: عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar