Zikr ahlidan so‘rang kitobi to‘g‘risida

Assalomu alaykum shayx Hazratlari.Onam vafotidan so‘ng ularni o‘qiy olmagan namozlarini va tuta olmagan ro‘zalarini hisoblash maqsadida kitob varaqladik. Shunda birimiz bir ma’lumotga boshqamiz esa undan o‘zgacha bir ma’lumotga duch keldik. Ular quyidagicha:1. "Zikr ahlidan so‘rang" kitobining 1-juzi 162-sahifasida: "Fidya va kafforotning miqdori bir kunlik namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087.5gr) yoki uning qiymati, bir kunlik ro‘za uchun ham shuncha bo‘ladi.2. "Zikr ahlidan so‘rang" kitobining 2-juzi 149-sahifasida: "Bir kunlik ro‘zaning fidyasi miskinning bir kunlik - saharlik va iftorlikdagi taomi hisoblanadi. Bu, hanafiylar ijtihodiga ko‘ra, o‘rtacha hisobda, yarim so’ (1.632 gramm) bug‘doyga to‘g‘ri keladi. Fidya beruvchi hohlasa , buning qiymatini berishi ham mumkin. Bir vaqt namozning fidyasi ham shuncha." - deb keltirilgan.Bizni savolimiz, bu yarim so’ bug‘doy bir vaqt namoz uchunmi yoki bir kunlik namoz uchunmi? Va biz bir so’ bug‘doyni necha gramm deb hisoblaylik?Iltimos ushbu tushunmovchilikka oydinlik kiritib bersangiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.Oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bir vaqt namoz uchun.

4 May 2022, 23:40 | Savol-javoblar | 164 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar