Hikmatli so‘z
Assalomu alaykum! Man hikmatlar xazinasidan bir so‘z o‘qib qoldim. Unda sadaqa va exson qilgan kishingdan duo talab qilma – deyilgan ekan. Minnatga kirib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu erda ikki ish bor. Sadaqa qilgan odam qilgan ishidan Allohning roziligini talabida bo‘lib, ehson qilingan kishidan umidvor bo‘lmasligi kerak. Alloh taolo shunday ehson qiluvchilarni maqtab “Inson” surasida quyidagicha marhamat qilgan:إِنَّ الْأَبْرَارَ يَشْرَبُونَ مِن كَأْسٍ كَانَ مِزَاجُهَا كَافُورًا5. Albatta, abrorlar kafur aralashtirilgan qadahdan icharlar... Kafur – ichimlikni xushbo‘y va xushta’m qiluvchi modda bo‘lib, arablar u aralashgan sharobni eng yaxshi sharob hisoblashadi. Tafsirchilarimiz, oyatdagi «kafur»dan murod jannatdagi buloqning ismi, deganlar.عَيْنًا يَشْرَبُ بِهَا عِبَادُ اللَّهِ يُفَجِّرُونَهَا تَفْجِيرًا6. bir buloqdanki, undan Allohning bandalari otiltirib icharlar. Ya’ni Alloh taoloning rizoligini topgan bandalar jannatdagi kafur bulog‘idan xohlagan tarafga qaratib otiltirib ichadilar, go‘yoki favvoralardek. Qasrda o‘tirib ichgisi kelsa, qasri oliyda, xuru g‘ilmonlar bilan suhbat qurib o‘tirgan joyda ichishni xohlashsa, o‘sha erda, xullas, qaysi joyni va qaysi holatni maqbul topsalar, kafur bulog‘i ularga muntazir bo‘ladi. Kelgusi oyatlarda esa Alloh taolo yaxshi bandalarning sifatlarini zikr qiladi.يُوفُونَ بِالنَّذْرِ وَيَخَافُونَ يَوْمًا كَانَ شَرُّهُ مُسْتَطِيرًا7. Ular nazrga vafo qilarlar va yomonligi keng tarqaladigan Kundan qo‘rqarlar. Nazr – insonga o‘zi aslida lozim bo‘lmagan ibodatni o‘zicha lozim qilib olishdir. Masalan: bir kishi og‘ir betob bo‘ldi, yotgan joyida shunday niyat qiladi: «Allohim, agar kasalimdan tuzalib ketsam, bir qo‘y so‘yib, ehson qilaman» yoki «Bolam eson-omon harbiy xizmatdan qaytib kelsa, o‘n kun ro‘za tutaman» va hokazo... Kimki shunday narsalarni nazr qilsa, unga vafo qilmog‘i vojib bo‘ladi. «Agar kishi gunoh ishlarni nazr qilsa-chi?» degan savol ham tug‘ilishi tabiiy. Misol uchun, falon ishim bitsa, falon mansabdagilarga qo‘y so‘yib, aroq quyaman, bosh-oyoq sarpo qilaman, qabilidagi nopok niyatlar. Bunday holda u nazr hisoblanmaydi va amalga oshirilmaydi. Bordi-yu, hotamtoylik qilib, o‘tkazilsa ham, Alloh taolo xo‘jako‘rsinga qilingan bunday nazrni qabul etmaydi. Chunki u yaxshi bandalar nazrini tilga oldi. Elga aroq berib, o‘zini ham, ahli ayolini ham do‘zaxga tiqadiganlar hech qachon abror bo‘lmaydilar. Ikkinchi sifat (qiyomatdan qo‘rqish) esa doimiy ravishda faqat Alloh taologa xush keladigan ishlarni qilib, Unga yoqmaydigan ishlardan chetlashishga chorlaydi. Ana shunday xayrli ishlarni qiluvchi abror bandalarning sifatlaridan yana biri navbatdagi oyatda nozil bo‘lgan.وَيُطْعِمُونَ الطَّعَامَ عَلَى حُبِّهِ مِسْكِينًا وَيَتِيمًا وَأَسِيرًا8. O‘zlari taomni yaxshi ko‘rib tursalar ham, uni miskin, etim va asirlarga berarlar. Ana, birodarlar, abrorlarning xislati nima ekan! Ular hattoki o‘zlariga taom kerak bo‘lib, hojatlari tushib tursa ham, miskinlar, etimlar, asirlarni o‘zlaridan ustun qo‘yib, taomni ularga beradilar. Taom yaxshi bo‘lsa, albatta, kishida uni ko‘proq tanovul qilishga moyillik bo‘ladi. Ana shunday hollarda uni faqirga berish boyning kambag‘alni hurmat qilishidan kelib chiqadi. Bu esa, o‘z navbatida, ularning orasida tenglik bo‘lishiga olib keladi. Oyatdagi «miskin» so‘zining alohida ta’kidlanishi ham aynan shunga qaratilgan. Chunki miskinga, ya’ni o‘zi va oilasi eb-ichishi uchun etarli taomi bo‘lmagan odamga yordam berish o‘ziga to‘qlarning burchidir. Etimlarga yordam berish – ularga ovqat, kiyim-kechak, ta’lim va tarbiya berish nihoyatda savobli ish bo‘lishi bilan birga, o‘ziga to‘qlarning zimmasidagi burch hamdir. Shunday qilinsa, etim ham jamiyat uchun foydali shaxs bo‘lib etishadi. Agar unga beparvo qaralsa, kamsitilsa, razolat va jinoyat ko‘chasiga kirib, o‘zi yashayotgan jamiyatga faqat zarar keltiruvchi shaxsga aylanadi. Bunga misol keltirib o‘tirish shart emas. Atrofimizga aql ko‘zi bilan bir nazar solsak, bas. Islom dini kishilik jamiyatida qaror topa boshlagan dastlabki kunlardanoq dushman tomondan qo‘lga tushgan asirlarning hayotini saqlab qolish, ularning insonlik huquqlarini hurmat qilishga da’vat etdi. Bu haqda Nabiy sollallohu alayhi vasallamga oyatlar ham nozil qilindi. Va ul zot bundan 1400 yil avval, butun dunyo inson xuquqi nima ekanini bilmay turgan bir paytda Alloh taoloning ana shunday insonparvar hukmini e’lon qildilar. Islom tatbiq etgan bu huquqlarni, jumladan, asirlarga yaxshi muomala qilish, ularni biror egulik bilan ta’minlashni Birlashgan Millatlar tashkiloti yaqindagina e’lon qildi. Bundan yuz yoki ming yil avval emas. Shuning o‘ziyoq Alloh taoloning dini qanday asosga qurilganligiga etarli dalildir. Musulmonlar birovga yaxshilik qilganlarida riyo uchun, minnat uchun emas, balki savob umidida, qiyomat kuni yaxshi holatlarga erishish umidida qiladilar. Ushbu xislatlar quyidagi oyatlarda ham ifoda etiladi.إِنَّمَا نُطْعِمُكُمْ لِوَجْهِ اللَّهِ لَا نُرِيدُ مِنكُمْ جَزَاء وَلَا شُكُورًا9. «Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun taomlantiramiz. Va sizlardan mukofot yoki tashakkur xohlamaymiz. Demak, chin mo‘min ikkinchi bir birodariga yaxshilik yoki yordam qilganida fiysabilillah, ya’ni Alloh yo‘lida qilmog‘i lozim ekan. Qilgan yaxshiligi evaziga tama talab qilish Alloh taoloning g‘azabini keltiradigan va ul bandani munofiqqa aylantiradigan amallardandir.إِنَّا نَخَافُ مِن رَّبِّنَا يَوْمًا عَبُوسًا قَمْطَرِيرًا10. Albatta, biz qo‘rqinchli, shiddatli, uzun Kunda o‘z Robbimizdan qo‘rqurmiz», – derlar. Demak, musulmonlar muhtojlarga taom berishlarining ikkita sababi bor. Birinchisi – Alloh subhanahu va taoloning roziligini topish. Ikkinchisi – xaloyiq uchun qo‘rqinchli va shiddatli bo‘lgan uzoq Kun, ya’ni o‘tishi qiyin bo‘lgan qiyomat kunida Alloh taoloning azobiga duchor bo‘lishdan qo‘rquv. Keyingi oyatda Alloh taolo aynan ana shunga ishora qilib, abror bandalarini xotirjam bo‘lishga chaqiradi va qiyomat kuni xavfining o‘rniga omonlik va xursandchilik ato qilishini aytadi.فَوَقَاهُمُ اللَّهُ شَرَّ ذَلِكَ الْيَوْمِ وَلَقَّاهُمْ نَضْرَةً وَسُرُورًا وَجَزَاهُم بِمَا صَبَرُوا جَنَّةً وَحَرِيرًا11. Bas, Robblari ularni o‘shal Kun yomonligidan saqladi va ularga yashnoqlik hamda xursandchilik ato qildi.12. Va sabr qilganlari uchun ularni jannat va ipaklar bilan mukofotladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Ikkinchisi ehson qilingan odam esa unga minnatdorchiligini bildirishi kerak.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ لَا يَشْكُرُ اللهَ لَا يَشْكُرُ النَّاسَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ. وَلَفْظُهُ: مَنْ لَمْ يَشْكُرِ النَّاسَ لَمْ يَشْكُرِ اللهَAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Kim Allohga shukr qilmasa, odamlarga ham tashakkur qilmaydi», dedilar».Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.Termiziyning lafzida:«Odamlarga tashakkur qilmagan Allohga shukr qilmaydi», deyilgan.Sharh: Alloh taoloning yaxshiligini bilmagan nobakor bandaning yaxshiligini bilarmidi! Bunday nusxalar doimo va har kimga nisbatan noshukr bo‘ladilar. Alloh taolo o‘shalardan bo‘lishdan O‘zi asrasin! Omin!عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أُعْطِيَ عَطَاءً فَوَجَدَ فَلْيَجْزِ بِهِ، وَمَنْ لَمْ يَجِدْ فَلْيُثْنِ، فَإِنَّ مَنْ أَثْنَى فَقَدْ شَكَرَ، وَمَنْ كَتَمَ فَقَدْ كَفَرَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ حِبَّانَJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kimga bir ato berilsa, topsa, unga yarasha mukofotlasin. Topmasa, maqtov aytsin. Kim maqtov aytsa, batahqiq, shukr qilibdi. Kim berkitsa, batahqiq, kufroni ne’mat qilibdi», dedilar».Termiziy, Abu Dovud va Ibn Hibbon rivoyat qilganlar.Sharh: Bir jamiyatda yashaydigan kishilar orasida bir-biriga ma’ruf ish – yaxshilik qilish Islomning muomala bobidagi bosh ta’limotlaridan hisoblanadi. Ma’ruf ish hadya berish, qiyin holatda yordam berish, obro‘sini himoya qilish va shunga o‘xshagan musulmonlar bir-birlariga qiladigan barcha yaxshiliklardir. Bir odam ikkinchisiga ma’ruf ish qildi. Ikkinchisi, ya’ni birovning yaxshiligidan bahramand bo‘lgan odam bu holatda o‘zini qanday tutishi lozim? Savolning javobi ushbu o‘zimiz o‘rganayotgan hadisi sharifda kelmoqda. «Kimga bir ato berilsa, topsa, unga yarasha mukofotlasin». Har bir yaxshilik ko‘rgan odamning o‘ziga yaxshilik qilgan kishiga uning qilgan yaxshiligi uchun mukofot berishi islomiy odob taqozosi ekan. Hadya berganga javob hadyasi bersin. Boshqacha yaxshilik qilganga ham qo‘lidan kelganicha mukofot bo‘ladigan narsani taqdim qilsin. «...topmasa, maqtov aytsin. Kim maqtov aytsa, batahqiq, shukr qilibdi. Kim berkitsa, batahqiq, kufroni ne’mat qilibdi». Mukofotga beradigan narsasi bo‘lmagan chog‘da bir og‘iz shirin so‘z bilan bo‘lsa ham o‘z minnatdorchiligini bildirsin. Tashakkur so‘zlari qilingan yaxshilikning shukri bo‘ladi. Agar shu so‘zni ham aytmasa, unda mazkur odam yaxshilikning tengi emasligi namoyon bo‘ladi. U o‘ziga etgan ne’matga kufroni ne’mat qilgan bo‘ladi. Bu ish musulmon kishi uchun zinhor to‘g‘ri kelmaydi. Bu Islom odobiga zid narsadir. Ushbu hadisi sharifga amal qilgan holda birovdan biror hadya yoki sovg‘a olgan kishi o‘sha olgan narsasiga yarasha javob hadyasi va sovg‘asi qilishi kerak. Agar berish uchun biror narsa topmasa, o‘ziga hadya bergan kishining haqqiga yaxshi so‘zlar aytmog‘i kerak. Boshqacha qilib aytganda, yaxshilab tashakkur aytishi lozim. Agar shuni ham qilmasa, o‘ziga etgan ne’matga kufroni ne’mat qilgan bo‘ladi. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Har bir ma’ruf ishni qilgan kishiga mukofot berish odobdan ekani. 2. Ma’ruf ish qilgan odamga beradigan mukofoti bo‘lmasa, unga tashakkur so‘zlarini aytish lozimligi. 3. Qilingan yaxshilikning egasiga maqtov so‘zlarini aytish shukrona ekani. 4. Qilingan yaxshilikning egasiga maqtov so‘zlarini aytmaslik kufroni ne’mat ekani. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 181 | Dolzarb savollar