bir gunoh

Asssalomu alaykum shayx janoblari. Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Turmushga chiqib bitta bolam bo’lganidan keyin ikkinchi bolamga homilador bo’lganimni bilmay kalsiy glyukonad dorisini ichib yuraveribman. Homilamga ta’sir qiladimi yo’qmi doktorlar bir nima deyidhmadi. O’zim ham u bolani dunyoga keltirishdan qo’rqib bir yarim oylik homilamni oldirishga majbur bo’ldim. Erim ham rozi bo’ldi. Xullas shunday gunoh ish gilganman. Bu gunohimni Alloh kechirarmikan? Albatta qilgan bi ishimdan qattiq pushaymonman. Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tavba qilib, nadomat cheksangiz, bu ishni qaytib qilmasangiz, Alloh mag‘firatli Zot.

4 May 2022, 23:40 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar