Qarzdan kechsa zakot o‘tadimi

Assalomu alaykum! Savdo sotiq kasbim bo‘lib qolgan. Qo‘limdagi ishchilar kassani pulini ishlatib qarz bo‘lib qolishadi. Ba’zi birlari to‘lolmay qochib ketishadi. Zakotni qiynalganlarga berish kerak deb bilaman. Agar men qarzdor odamga qarzingni zakot o‘rnida qabul qil desam bo‘ladimi yoki aytmasdan niyat qilsam ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Zakotni alohida qo‘liga mulk qilib berishingiz shart. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 149 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar