Kamaz va damas

Assalomu alaykum xurmatli Shayx janoblari.Savolim bor edi.1.Bir kishining 4ta Kamaz, 1ta Damas mashinasi bor.U kishi 3 ta ugillari bilan shu mashinalarni xaydab mexnat kiladi.1ta kamaz ijaraga berilgan. Savol shuki, bu kishi 4 ta kamaz va 1 ta damas uchun zakot beradimi? 2.Bir kishi kamaz mashinasida mexnat kiladi.U fakir ya’ni,(5 milyon 100 ming sum pul mablagi yuk) odamlarga tosh-shagal kabilarini tashib bersa, sung fakir odamdan tosh-shagal kabilar xakini xam, yul kira xakini xam olmay zakotni niyat kilsa, zakot urniga utadimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Mazkur mashinalarning o‘zidan zakot bermaydi. Chunki, ishlab chiqarish vositalaridan zakot berilmaydi. O‘sha mashinalarni ishlatib topilgan pullar nisobga etsa, mazkur mablag‘dan zakot beriladi.2. Mazkur odam zakot bermaydi. Ishlab berib, haqini zakotdan hisoblash mumkin emas.

4 May 2022, 23:51 | Savol-javoblar | 167 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar