Gunohiga sherik bo‘lib qolmaymizmi?

Assalomu alaykum Shayx xazratlari. Sizdan bir masalaga oydinlik kiritib berishingizni sorayman. Hozir biz xorijdamiz, alhamdulillah iymondagi odamlarmiz. Yurtimizda bir oilaviy bordi-keldi qiladigan yaqin do‘stlarimiz bor edi. Ular ham iymonli umra qilib kelgan oila edi. O‘tgan yili yurtimizga borganda, o‘sha oilaning ayoli (mening o‘rtog‘imdek bo‘lib qolgan) katta gunoh ish qilganini yig‘lab o‘zi aytib berdi. 2yarim yil o‘zidan kichik bir oilali yigit bilan yuribdi va 2 marta undan abort qildiribdi. Va buni eri bilmaydi. Har safar uchrashgandan keyin tavba qilishini lekin yana uchrashib qo‘yishini aytdi. Albatta bu xiyonatni bilsa, eri qo‘yvoradi. Bolalari esa uyli-joyli qiladigan yoshda. Nima masalahat berasiz? Bu yil yurtimizga bormoqchiman inshaAllah. Bu oila bilan bordi-keldini davom ettiraylikmi yoki to‘xtataylikmi? Eriga aytmasdan uning gunohiga sherik bo‘lib qolmaymanmi? (Uning aytishicha bu sirni faqat men bilar ekanman.) JAvobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uni bu ishdan qaytishga yana bir bor chaqiring, agar qaytmasa, aloqani uzish niyatida ekaningizni ayting. So‘ngra aloqani uzasiz, agar qaytmasa.

5 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar