Dori-darmon vositalari savdosi
Assalomu alaykum! Bir tanishim aptekalarga dori darmon vositalari tarqatadi, bularni ichida yangi chiqqan dori va boshqa avval chiqqan dorilar xam bor. Bular xaqida shifokorlarga xabar berish kerak, ya’ni aptekalarga manna bu tarkibdagi va manna bunday kasalliklarga davo bo‘ladigan dorilar keldi deb vrachni xabardor qilsa, vrach shu dorini o‘rganib chiqib bemorlarga qulay kelsa tavsiya qilib yozib beraman, sen xar bir yozgan dorimga pul to‘laysan desa, biz shunga pul to‘lasak bo‘ladimi? Bu bilan shariat qoidasini buzmaymizmi? Xozir xamma aptekalar shunday reklama qilib sotishyapti, bo‘lmasam dori turib qolib muddati o‘tib ketishi mumkin dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizning xalqimiz musulmon, doktorlar ham. Agar o‘sha doktorlarni o‘zi yoki yaqini kasal bo‘lsa tavsiya qila oladigan darajada bo‘lsa, ortig‘i kerakmas, isrof yoki shunisi zarur qilmasa bo‘lmaydi deydigan darajada bo‘lsa joiz. Bundan boshqasi joiz emas, chunik Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَأْكُلُواْ أَمْوَالَكُم بَيْنَكُم بِالْبَاطِلِ وَتُدْلُواْ بِهَا إِلَى الْحُكَّامِ لِتَأْكُلُواْ فَرِيقًا مِّنْ أَمْوَالِ النَّاسِ بِالإِثْمِ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ 188. Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan emang. Bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh ila eyishingiz uchun uni hokimlarga tashlamang.
Bu oyati karimada Alloh taolo musulmonlarni bir-birlarining molini botil – harom yo‘l bilan emoqdan qaytarmoqda.
Ushbu oyati karimani tushuntirish uchun Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu:
«Bu degani – bir odam qarzdor bo‘ladi, lekin o‘ziga qarshi hujjat yo‘qligidan foydalanib, u molni olganidan tonadi. Birovning molini haromdan eb, gunohkor bo‘layotganini bilib turib, hokimga arz qiladi», – degan ekanlar. Go‘yo hokim hukm qilsa, gunoh gunohlikdan tushib, harom mol halolga aylanib qoladigandek. Holbuki, halol hokimning hukmi ila harom bo‘lib qolmaydi yoki aksincha ham bo‘lmaydi. Balki aynan hamma narsani ko‘rib, bilib turuvchi Allohning hukmi bilan halol yoki harom bo‘ladi. Hokim hamma narsani ko‘ra olmaydi, bila olmaydi. U sirtdan ko‘rganiga, talashayotganlarning gapiga, ularning hujjatlariga qarab hukm chiqaradi.
Imom Buxoriy Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom:
«Men bir odamman, xolos. Talashganlar huzurimga keladilar. Ba’zilari boshqalaridan ko‘ra hujjatini yaxshiroq ko‘rsatib yuborishi, men esa uning foydasiga hukm qilishim mumkin. Kimga bir musulmonning haqqidan hukm qilib bersam, u do‘zax o‘tidan bir bo‘lakdir. Xohlasa olib, xohlasa qoldirib ketsin», – deganlar.
Zohirga qarab hukm chiqargani uchun hokim gunohkor bo‘lmaydi. Imom Qurtubiy: «Oyatdagi «botil yo‘l bilan emaslik»ka haromning barcha turlari: qimor, aldamchilik, harom narsalarni sotib, mol topish, harom kasblarni qilib, mol topish va boshqalar kiradi», – deganlar.
Shu erga kelganda, suradagi oyati karimalar yosh musulmon jamiyatini ilohiy yo‘lda tarbiyalab borishda yangicha uslub qo‘llab, musulmonlarning turli savollariga javob berishni boshlaydi. Tabiiyki, bu savollarning kelib chiqishiga o‘ziga yarasha sabablar bor edi.
Avvalo, musulmonlar johiliyatning barcha asoratlarini tark etib, Islom deb nomlangan yangi ilohiy ummatga a’zo bo‘layotganlarini chuqur tushuna boshladilar. Avvalgi e’tiborsizlik, beparvolikni yig‘ishtirib, musulmon degan buyuk nomga munosib bo‘lishga astoydil harakat qila boshladilar. Shuning uchun o‘zlari har bir narsada Allohning ta’limini, hukmini bilishga qiziqib qoldilar. Haqiqiy musulmon bo‘lib yashash uchun avval har bir ish va holning hukmini bilib olish lozim edi, albatta. ("Tafsiri Halol" kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat