Omad
Assalomu alaykum! Yaqinda yoshlari katta kishidan bir gapni eshitib qoldim. Yigitga omad 3 marta beriladi. Uni ushlab qolish yigitni qo‘lida lekin bo‘lar bo‘lmas narsani so‘ramaslik kerak Alloh o‘sha bo‘lar bo‘lmas niyating uchun 3 omadingdan nechtasinidir beradi va omadsiz qolip ketasan hayotda dedilar. O‘qishga kirishimni Allohdan so‘ragandim o‘zim xohlagan o‘qishga kirdim Alhamdulillah. Onam yaqinda betob bo‘lib qolgandilar har namozda onam uchun Allohdan shifo so‘radim Allohga shukur Onam tuzalib ketdilar. Har qadamda Allohdan madad so‘rardim. Kichik muammo paydo bo‘lsa ham Allohni nomini zikr qilsam mushkulim engil bo‘lardi. Otaxonni gaplaridan keyin xuddi hozir Allohdan yordam so‘rasam menga beriladigan omad tugab qoladigandek tuyuladi Astag‘firulloh Savol: 1)O‘zi yigitga 3 marta omad berilishi dinimizda bormi? O‘zimni dunyoqarashimdan kelib chiqib Vallohu a’lam! deyman va Allohdan har qanday muammo kattami kichikmi madad so‘rashni to‘xtatmayapman. Bu ishim to‘g‘rimi? Men Allohdan kimgadir havas qilib yoki mushkulimni oson qilishini so‘rasam menga beriladigan 3 omadni(agar u dinimizda bo‘lsa) qanchadir miqdori ishlatilib ketadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh abadiy tirik, Allohni Berguvchiligi ham hech qachon to‘xtamaydi. So‘rashni bilsak bo‘ldi. Uch omad bu ahmoqlarni gapi. Odamlar ertak qilib gapirishaverib gapirishaverib oxiri o‘zlari ham shunga ishonadigan bo‘lib qolishdi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 176 | Ruhiy tarbiya