Muso alayhissalom arshini ushlab turishlari

Assalomu alaykum! Qiyomat qoim bo‘layotgan vaqtda habibimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam ummatlarini bir joyga to‘playotganda, Muso alayhissalom arshi a’loning bir chekkasini ushlab turadi degan ma’nodagi hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahih. Aslida hadis siz aytgandek emas, quyidagicha: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: اسْتَبَّ رَجُلَانِ رَجُلٌ مِنَ الْمُسْلِمِينَ وَرَجُلٌ مِنَ الْيَهُودِ، قَالَ الْمُسْلِمُ: وَالَّذِي اصْطَفَى مُحَمَّدًا عَلَى الْعَالَمِينَ، فَقَالَ الْيَهُودِيُّ: وَالَّذِي اصْطَفَى مُوسَى عَلَى الْعَالَمِينَ. فَرَفَعَ الْمُسْلِمُ يَدَهُ عِنْدَ ذَلِكَ فَلَطَمَ وَجْهَ الْيَهُودِيِّ، فَذَهَبَ الْيَهُودِيُّ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَخْبَرَهُ بِمَا كَانَ مِنْ أَمْرِهِ وَأَمْرِ الْمُسْلِمِ، فَدَعَا النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  الْمُسْلِمَ فَسَأَلَهُ عَنْ ذَلِكَ، فَأَخْبَرَهُ، فَقَالَ النَّبِيُّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا تُخَيِّرُونِي عَلَى مُوسَى، فَإِنَّ النَّاسَ يَصْعَقُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، فَأَصْعَقُ مَعَهُمْ، فَأَكُونُ أَوَّلَ مَنْ يُفِيقُ، فَإِذَا مُوسَى بَاطِشٌ جَانِبَ الْعَرْشِ، فَلَا أَدْرِي أَكَانَ فِيمَنْ صَعِقَ فَأَفَاقَ قَبْلِي، أَوْ كَانَ مِمَّنِ اسْتَثْنَى اللهُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ikki kishi: musulmonlardan bir kishi va yahudiylardan bir kishi bir-birlari bilan so‘kishib qolishdi. Musulmon: «Muhammadni olamlar uzra saylab olgan Zotga qasam!» dedi. Yahudiy esa: «Musoni olamlar uzra saylab olgan Zotga qasam!» dedi. Shu payt musulmon qo‘lini ko‘tarib, yahudiyning yuziga tarsaki tushirdi. Yahudiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, o‘zi bilan musulmon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ishni aytib berdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam musulmonni chaqirib, bu haqda undan so‘ragan edilar, u ham (o‘shani) aytdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Meni Musodan yaxshi deb aytmanglar.* Zero, odamlar qiyomat kuni behush yiqiladilar, men ham ular bilan birga behush yiqilaman. Shunda birinchi hushiga keladigan men bo‘laman. Qarasam, Muso Arshning bir tomonini mahkam tutib turgan bo‘ladi. U ham behush yiqilganlardan bo‘lib, mendan oldin o‘ziga kelganmi yoki Alloh istisno qilganlardan* bo‘lganmi, bilmayman», dedilar».

* Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavoze va kamtarlik yuzasidan, payg‘ambarlarning barchalari iymonu ixlosda, izzat-hurmatda barobar ekanlarini anglatish uchun, ularni o‘zaro tortishuv va faxrlanish mavzusi qilishning oldini olish maqsadida aytganlar. Aslini olganda, boshqa hadislarda aytilganideq Muhammad alayhissalom barcha payg‘ambarlardan afzal ekanlari, balki butun insoniyatning sayyidi, barcha maxluqotlarning eng ulug‘i ekanlari kundek ravshan. Barcha aqliy va naqliy dalillar ham shuni taqozo qiladi. Qur’oni karimda ham payg‘ambarlarning bir-birlaridan ustunlik va afzalliklari borligi aytilgan (Baqara surasining 253-oyati). Ayrim ulamolarimizning ta’kidlashlaricha, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning barcha payg‘ambarlardan afzal ekanlarini bilish va e’tirof etish e’tiqodga taalluqlidir. U zotni boshqa payg‘ambarlardan ustun qo‘ymaslik haqidagi ko‘rsatma esa amaliy ishlarga, o‘zaro munosabatlarga oid hisoblanadi.
* Bu erda Zumar surasining 68-oyatidagi ma’noga ishora bor. Unda Alloh taolo shunday deydi: «Va surga puflandi. Osmonlaru erda kim bo‘lsa, behush yiqildi. Alloh xohlaganlargina mustasno». Ushbu oyatda mazkur sur chalinishidan behushlik Alloh xohlagan zotlarga ta’sir etmasligi aytilgan. Ko‘pchilik mufassirlar bu erda to‘rt buyuk farishta yoki Arshni ko‘tarib turgan farishtalar ham nazarda tutilganini ta’kidlashgan. Hadisda mana shu istisno nazarda tutilgan. ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

5 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 166 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar