Oshiqcha olingan pul

Assalomu alaykum! Bir do‘stim bankda sayyor kassada ishlaydi. Har kuni pensiya tarqatish uchun bank kassasidan pul qabul qilib oladi. Bundan 2 yil avval bir kassa xodimasi do‘stimga adashib oshiqcha pul berib yuboradi. Nafsning yo‘liga yurib do‘stim haligi pulni ishlatib yuboradi. Kassa hodimlari buni bilishmagan, kamomat chiqgandan so‘ng hammalari o‘rtaga pul tashlab pulni joyiga qo‘yishadi. Yaqin kunlarda menga buni afsus qilib aytib berdi. Tezda tavba qilib, pulni qaytarishligini aytdim. Do‘stimga ko‘p pul berib yuborgan xodima xozir vafot etgan. (Eri ruxiy kasal, bir voyaga etgan qizi bor). Pulni kimga qaytarib beradi ? O‘sha payt pulni kassa hodimlari hammalari o‘rtada eg‘ib joyiga qo‘yishgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha o‘rtaga tashlaganlarga. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 133 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar