Qarz olib qo‘shib berish
Assalomu alaykum! 2019-yili bir tanishimga 8800 AQSh dollariga o‘zimning mashinamni sotgandim. Pulning 5000 AQSh dollarini o‘sha paytda qolganini esa bir yilda berishga kelishgandik. Bir yil o‘tgach pulni berish vaqtida kelganda u menga hozir sening pulingni bersam ishim to‘xtab qoladi kel undan ko‘ra men pulingni bir yildan keyin beray ko‘nglimdan chiqarib qo‘shib beraman degan edi. Mana endi 2021-yil sentyabrida u menga 3800 dollar pulim va yana o‘zi hohlab 800 dollar qo‘shib bermoqchi. Bu pul men uchun halolmi olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu aniq sudxo‘rlik bo‘ladi. Kelishilgan summadan ortiqchasini olishga haqqingiz yo‘q. Agar u siz bilan kelishmagan bo‘lganda, olsangiz bo‘lar edi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 20:33 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom