Birovning bolasiga sut berish
Assalomu alaykum! Yaqinda savol-javoblar orasida birovning bolasini eridan so‘ramasdan emizsa nikoxi buzilishini o‘qib qoldim. Buni avval bilmagan edim. Men to‘g‘ruqxonada yotganimda bir xamshira chirrilab yig‘layotkan chaqaloqni olib kelib ozroq sutingizdan sog‘ib bering bu bola to‘ymayapti dedi. Men xam bolaga raxmim kelib ozgina sog‘ib berdim. O‘shanda nikoxim buzilganmi? Agar shunday bo‘lsa nima qilishim kerak? Bu gunoximni qanday yuvsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohi buzilmaydi, siz noto‘g‘ri o‘qibsiz. Kimga sog‘ib berganingizni bilib qo‘yishingiz shart. Chunki sutingizni ichgan bola sizga emizikli farzand hisoblanadi. Kelgusida o‘sha farzandga qiz berishingiz yoki qiz bo‘lsa o‘g‘il farzandlaringizdan birortasiga kelin qilib olishingiz halol bo‘lmaydi. Tug‘ruqxonada ishlovchi xamshiralar bu narsaga qattiq ahamiyat berishlari shart. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush