Uyni sotib qarzni berish
Assalomu alaykum! Ustozlar, bizga berayotgan xolis yordam va maslaxatingiz uchun Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Men oldin xam murojat qilgan edim ribo masalasida javobingiz uchun ko‘pdan ko‘p rahmat. Endigi savolim meni bir birodarimdan katta miqdorda qarzim bor. Maxsulot olgandim, lekin ming afsuski xisob kitobda yanglishganim uchun pulini bera olmay qoldim. Xozirda xaqdor birodarim menga 2 oy muxlat berganlar agar qaytara olmasam o‘rtamizda nizo kelib chiqadi men ota uyimda yashayman va shu uydan boshqa mol mulkimiz yo‘qligi uchun shuni sotib berishimga to‘g‘ri keladi, lekin bu uyda meni qaramog‘imda bo‘lgan otam onam ikki ukam ayolim va uch nafar farzandim bor. Xaqdor birodarim shuni bilganliklari uchun 2 oy muxlat berib ketdilar. Ustozlar qanday yo‘l tutsam halol bo‘ladi. Xaqdorni ko‘nglini og‘ritmasdan xaqqini ado etish niyatidaman. Uyni sotsam ota-onamni ko‘nglini og‘ritganim uchun gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz biror narsa deyolmaymiz. Ota-onangizga to‘g‘ri tushuntiring. Mol dunyoni topish mumkin, ammo qarz yukidan xalos bo‘lishga hech narsa etmaydi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar