To‘g‘ri duo haqida

Assalomu alaykum! Qanday duo qilishni bilmayapman. "Birortasi so‘rasa qat’iyat bilan so‘rasin, "Allohim xohlasang bergin" demasin, chunki Allohni majburlovchi yo‘q" hadisini o‘qidim. Lekin o‘ylayapman, masalan biz bir narsani xohlasak uni biz Allohdan qat’iyat bilan so‘rasak shubhasiz Alloh beradi, ammo shu narsa biz uchun xayrli bo‘lmasligi mumkunku. Biz yaxshi ko‘rgan narsada yomonlik, yomon ko‘rgan narsamizda yaxshilik bo‘lishi mumkunku? Men duoda "Allohim men uchun xayrlisini ber" deb so‘rar edim. Bu noto‘g‘rimi? Bu duolarni qilganda har birining ijobati har xil bo‘ladimi? Ya’ni masalan men bir narsani xohlasam qaysi ko‘rinishdagi duoni qilishim kerak? Farqi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "Allohim xohlasang bergin" degan so‘z bilan “"Allohim men uchun xayrlisini ber”ning o‘rtasida katta farq bor. Siz to‘g‘ri so‘rar edingiz ekan. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 01:51 | Savol-javoblar | 172 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar