Tutungan ukalari oldida ro‘mol bilan o‘tirishi shartmi
Assalomu alaykum! Menining qiz jiyanim (akamning qizi) taxminan 4-5 yoshidan men va onam bilan yashaydi.Mening o‘g‘illarimni o‘zi katta qilgan ( men xotinim bilan ko‘pincha kunduzi ishda edik). Jiyanim ro‘mol bog‘lab yuradi. O‘g‘illarim balog‘at etgan. 1.Jiyanim ularning oldida katta ro‘mol bilan o‘tirishi kerakmi yoki kichik ro‘mol bilan o‘tirsa ham bo‘ladimi? 2. Yoki ularni oldida ro‘molsiz o‘tirsa ham bo‘ladimi, ular mahram hisolanadimi? Amakivachchalar mahram hisoblanmasligini bilan bu erda jiyanim asrab olgan qizimday ya’ni onam dunyodan o‘tganda jiyanim ota-onasiga men amakim bilan yashayman meni uyim endi amakimning uylari dedi. Ya’ni o‘zini ukalaridan ko‘ra meni farzandlarimni yaqinroq tutadi.Chunki birga katta bo‘lishgan va doimo birga. Meni katta qizimday bo‘lgan, har bir narsani ota – onasi bilan emas man bilan maslahat qiladi. Farzandlarimga tutungan opadek. Shuni hisobga olib mahram hisolanadimi deb savol berayapman. Javob uchun oldindan Rahmat. Alloh o‘zi ajrini bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga nomahram. Avratini berkitishi kerak. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 01:51 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga nomahram. Avratini berkitishi kerak. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 01:51 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush