Ichuvchi do‘stlarni yaxshilikka chaqirish

Assalomu alaykum! Dinimizda mo‘min banda imkon boricha boshqalarni yomonlikdan qaytarishi va yaxshilikka chaqirishi lozim, lekin qilingan nasihatlar kor qilmasa nima qilish lozim? Qayta-qayta qilingan, kor qilmagan do‘st va og‘aynilarni tark etish kerakmi? Shu xususida kelgan oyatlar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri yo‘lga kirish umidi bo‘lsa to‘g‘ri yo‘lga chaqirish kerak. Insoniylik yordamlarni ayamaslik kerak. Gunoh majlislari bo‘lsa birga bo‘lmaslik kerak. Alloh taolo "Furqon" surasida marhamat qiladi:  وَيَوْمَ يَعَضُّ الظَّالِمُ عَلَى يَدَيْهِ يَقُولُ يَا لَيْتَنِي اتَّخَذْتُ مَعَ الرَّسُولِ سَبِيلًا۝ 27. U Kunda zolim ikki qo‘lini tishlab: «Eh, qani edi Rasul bilan bir yo‘lni tutgan bo‘lsam!» – der. يَا وَيْلَتَى لَيْتَنِي لَمْ أَتَّخِذْ فُلَانًا خَلِيلًا۝ 28. «Evoh! Qani edi, falonchini do‘st tutmagan bo‘lsam», – der. لَقَدْ أَضَلَّنِي عَنِ الذِّكْرِ بَعْدَ إِذْ جَاءنِي وَكَانَ الشَّيْطَانُ لِلْإِنسَانِ خَذُولًا۝ 29. «Batahqiq, menga Zikr kelganidan so‘ng, u meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketuvchidir».
Ushbu oyatda zikr qilingan holatga tushib qolishdan saqlanish kerak. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 188 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar