Shomdan keyin bolalarni ko‘chagan chiqarmaslik

Assalomu alaykum! 1. O‘sha Islomdan yiroq yurgan vaqtlarimda kreditga moshina olgan edim, uni nima ekanligini tushunganimdan keyn qarz olib oldindan yopib tashadim. Xozir o‘zimga uy qurmoqchiman, shu moshinni sotib pulini uy qurilishiga ishlatsam uyim xarom pulga qurilgan uy bo‘lib qolmaydimi? Men olgan vaqtimda uni xarom ekanligini bilmaganman. 2). Shom vaqtida bolalaringni uyga obkiringlar va eshiklarni yopinglar degan ma’noda xadis o‘qiganman. Shu xolatda uyga kirish deganda xovli uyda darvozadan ichkariga kirsa xisobmi yoki uyni ichiga ob kirish keremi bollarni?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar kreditni yopib yuborgan bo‘lsangiz mashinani sotib ehtiyojingizga ishlatishingiz joiz.2). O‘sha vaqtda jinlar tarqalgan vaqt bo‘ladi. Shuning uchun yosh bolalarni o‘sha vaqtda ehtiyot qilib turish kerak. Bolalar yakka qolib qo‘rqib qolmasligi uchun uy egalari yonida bo‘lsa bo‘ldi, hovlidami yoki xonadami farqi yo‘q.عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : لَا تُرْسِلُوا فَوَاشِيَكُمْ وَصِبْيَانَكُمْ إِذَا غَابَتِ الشَّمْسُ حَتَّى تَذْهَبَ فَحْمَةُ الْعِشَاءِ، فَإِنَّ الشَّيَاطِينَ تَنْبَعِثُ إِذَا غَابَتِ الشَّمْسُ حَتَّى تَذْهَبَ فَحْمَةُ الْعِشَاءِ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Quyosh botgan paytda, qosh qorayguncha jonivorlaringiz va bolalaringizni qo‘yib yubormanglar. Chunki shaytonlar quyosh botgan paytda, qosh qorayguncha tarqaydi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Muslim). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:26 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar