Musofirlikda

Assalomu alaykum! Men hozir Rossiyaning Moskva shahridaman. Hozir qish bo‘lganligi sababli quyoshni umuman ko‘rib bo‘lmaydi. Har kun tinmay qor yog‘adi. Qibla qaysi tomonda ekanligi menda shubha uyg‘otyapti. Bu erda yashayotganlar aytyabtiki qibla sen o‘qiyotgan tarafdan teskar tomonda deb, men hozirgi zamonaviy telefonlardagi qiblani ko‘rsatuvchi dasturga muvofiq o‘qiyotgan edim. Endi men nima qilay bu dasturga ishonaymi yoki bu insonlarga? Lekin bu insonlar musulmon lekin namoz o‘qishmayda faqat bu erga oldin kelgan ba’zi bir insonlardan ko‘rishgan ekan. Menga maslahat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunchalik noshud bo‘lmang. Yoningizdagi masjidga boring yoki telefonni yaxshi biladiganlardan aniqlatib oling. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 02:02 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar