Uyga bugun kelmasang javobing o‘zing bilan degandim

Assalomu alaykum! Meni ayolimni onasi meni roziligimni so‘rab o‘tirmasdan qo‘yarga qo‘ymay 3-4 kunga deb o‘z uyiga olib ketgandi. Ayolimi onasi aytgan muddat tugagach ayolimni onasiga qizingizni endi qaytarib yuboring desam men bilan gap talashib ziddiyat keltirib chiqardi. Men xam qizini qo‘rqitb qo‘yish xamda uyga qaytishini xoxlab “agar uyga bugun kelmasang javobing o‘zing bilan” deb yuboribman. Shu xolatda taloq tushadimi? Agar taloq tushsa qayta nikox o‘qitib olsak bo‘ladimi? Unda xam menda xam ajrashish niyatimiz yo‘q edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar o‘sha kuni uyga qaytib kelmagan bo‘lsa taloq tushadi. Bu bilan bir taloq tushadi. Agar avval oralaringizda ikki taloq bo‘lmagan bo‘lsa nikohlatib olishingiz kerak. Ikki taloq bo‘lgan bo‘lsa bunisi uchinchisi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:57 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar