Bir yarim yildan beri xabar olmaydi

Assalomu alaykum! Bir tanishim eri bilan yashamas ekan. 1.5 yildan buën eri xabar xam olmas ekan. Umuman o‘shandan beri, lekin javobni bermagan ekan. Aël xam yashomoqchi xam emaslar ekan. Endi yangi xaët qurmoq niyatida ekanlar, shunga o‘rtada taloq tushaganmi sobik erlari bilan yoki rozligni olish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq so‘zini yoki taloqqa dalolat qiladigan biror so‘zni aytmasa nikohlari uzilmaydi. Ayolni boshqa odamga nikoh o‘qitilsa nikohi bog‘lanmaydi. Eridan talog‘ini olishi kerak. Undan so‘ng uch hayz ko‘rib poklangunicha iddasini ham o‘tirishi shart. Iddasini tugatmasdan nikohlansa ham bog‘lanmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar