Shu to‘g‘rimi ?

Assalamu alaykum vr vbAllohim qilayotgan ishlarizni ajrini ziyoda qilib bersin.Ustoz bir masalada yana sizga murojat qilayapman. Avval aytganimday men qo‘l telefonlar sotaman.Bir kuni BIr ilmli kishi menga bir yahshiroq tel olib kel koray yoqsa olaman dedilar.Men ertalab ishga ketayotganimda ularni oldilariga bordim va bitta telni ko‘rsatdim u kishi ko‘rdilarda mayli peshing kelganingda javobini aytaman yo pulini yo o‘zini beraman dedilar.Peshinga kelganimda u kishi telni qaytarib berdilar qarasam telning ekranini yorib qo‘yibdilar kistasida turganda bilmay bosib olib sindirib qo‘yibdilar ustaga tel qilsam 34 ming ekan men mayli 30 ming beroviring desam mayli faqat kiyinroq beraman dedilar.Ancha vaht o‘tdi qarzni so‘rasam ertaga-ertaga deb yurovirdilar ilmli kishiligi uchun mayli sharoyiti bo‘lmasa kere deb yurovirdim.Bir kuni o‘zimga ham zarur bo‘lganda endi bering o‘zimga ham kere desam u kishi brmiman shariyatda to‘lov yoq dedilar hayron qolib bu nima deganiz desam U kishi men atay dilmadim agar atay sindirib tashlasam to‘lardim men atay qilmadim dedilar.Men omonat ediku sizga desam yoq omonat bundaqa bo‘lmaydi dedilarda bor istagan ilmli insondan so‘ra meni haqligimni aytadi dedilar. Meni ilmim yoqligidan va u kishini ilmli ekanligidan indamay kelovirdim va sizdan so‘rashga qaror qildim Iltimos shu ishi isloh qilib bersangiz bu ishda kim haq?Agar u kishi haq bo‘lsa borib uzr so‘ray agar men haq bo‘lsam nima deb javob beray ilm bilan albatta.Hato yozgan bo‘lsam oldindan uzr so‘riman. Allohim rozi bo‘lsin sizdan bizday ilmsiz bandalarni ham haqqiga duo qilib turing iltimos Allohim kerakli ilm olishimizni nasib qilsin. Alloh rosi bo‘lsin....Assalamu alaykum vr vb
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kabi masalalar ikki talashganning ishtirokida hal qilinadi.

7 May 2022, 02:37 | Savol-javoblar | 173 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar