Be’mor bo‘lganlik aybmi?

Assalomu alaykum! Yoshim 24da. Uch yil oldin sil (tuberkullez) kasali bilan kasal bo‘lganman. Allohga shukur, bu menga ancha ilm berdi, hidoyatga boshladi. Hozirda bu darddan xalos bo‘lganimga 2 yil bo‘ladi. Shifokorlar sog‘ligimni aytishgan. 6 oydan so‘ng, xudo xohlasa, sil kasallik dispanseri ro‘yxatidan umuman chiqib ketaman. Uylanmoqchiman. Shu kasallik bilan og‘riganimni eshitgan ba’zi odamlar o‘zlarini olib kochishdi, aloqani uzib qo‘yganlar ham bo‘ldi. Xalqda aksariyat insonlar "tuzalmas kasal" degan noto‘g‘ri fikrga borishini ko‘rdim va ularga tushuntirish befoyda ekanligini bildim. Shuning uchun biror qizga sovchi jo‘natayotganimda uning ota-onasiga bu narsani aytmasam mubohmi? (Axir tuzalganmanku) yoki "Molingni aybini aytib sotsang, halol bo‘larkan" degan maqolga qarab ish tutaymi? Javob uchun rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayting. Uchrashuvga chiqqanda qizning o‘ziga ayting. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar