Tuqqan ayolni gunohlari kechirilishi

Assalomu alaykum! Tuqqan ayol to‘lg‘oq azobini boshdan kechirgani uchun tuqqanidan so‘ng onadan yangi tug‘ilgandek gunohlardan poklanishi rostmi? Shu haqida xadislar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisi shariflarda quyidagicha kelgan: عن أنس رضي الله عنه، أن حاضنة إبراهيم ابن النبي صلى الله عليه وسلم: قالت: يا رسول الله تبشر الرجال بكل خير ولا تبشر النساء.... فقال: أفما ترضى إحداكن أنها إذا كانت حاملاً من زوجها وهو عنها راض أن لها مثل أجر في سبيل الله، فإذا أصابها الطلق لم يعلم أهل السماء وأهل الأرض ما أخفي لها من قرة أعين، فإذا أرضعت لم يخرج منها جرعة من لبنها ولم يمص منها مصة إلا كان لها بكل جرعة وبكل مصة حسنة، فإن أسهرها ليلة، كان لها مثل أجر سبعين رقبة تعتقهن في سبيل الله. رواه الطبراني في الأوسط Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning o‘g‘illari Ibrohimning enagasi : “Yo Rasululloh erkaklarni barcha yaxshilik ila bashoratlantirasiz, ayollarga bashorat bermaysiz?”. U zot : “Sizlarning biringiz eri undan rozi bo‘lgan holda eridan homilador bo‘lsa, unga Allohning yo‘lidagi ajr barobaricha(savob) bo‘lishiga rozi bo‘lmaydimi? Farzand tug‘sa, osmon va er ahli u ayol uchun yashirib qo‘yilgan ko‘z quvonchi(qanchaligini) bilolmaydi. Qachonki emizsa, undan chiqqan har bir so‘rilgan va yutum sutga u ayol uchun bir savob bo‘ladi. Agar (farzandi tufayli) kechasi bedor bo‘lsa, Alloh yo‘lida etmishta qulni ozod qilgani savobi barobaricha unga bo‘ladi” dedilar. 
Tabaroniy rivoyati. عن ابن عمر رضي الله عنهما، أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: المرأة في حملها إلى وضعها إلى قضائها كالمرابط في سبيل الله فإذا ماتت فيما بين ذلك فلها أجر شهيد. رواه الطبراني Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Nabiy sollallohu alayhi vasallam  aytdilar : “Ayol kishi homiladorligidan tuqqunicha, Alloh yo‘lidagi murobit* kabidir. Agar ushbular orasida vafot etsa, unga shahidning ajri beriladi”. Tabaroniy rivoyati.
*Murobit – Alloh yo‘lida vatanining sarhadlarini qo‘riqlovchi. Vallohu a’lam!

30 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 221 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar