Hadis tushunchasi
. Assalomu alaykum ustoz Shayx hazratlari, menga Payg‘ambarimiz Muhammad :sawning "Shumlik fakat xovlida, xotinda va minadurgon ulovda bo‘lishi mumkin" degan hadislarini tushuntirib bering, iltimos bilan Olloh :jjdan omonlik, sog‘lik tilab qoluvchi Ravshanxon. Oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu hadisi sharifni imom Buxoriy “al-Adab al-Mufrad”da rivoyat qilganlar.Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumadan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shumlanish hovlida, ayolda va otdadir», dedilar». Ulamolarimiz bu hadisi sharif haqida juda ham ko‘p tortishganlar. Chunki unda shumlanish mumkin emasligi haqidagi umumiy ta’lmotlarga zid ma’no kelmoqda. Shuning uchun ba’zilar bu hadisni sirtqi ma’nosini olmay ta’vil qilish kerak deganlar. Boshqa birlari bu hadis umumiy ma’noni xususiylashtirish uchun kelgan deydilar. Uchinchilari esa, shu hadisning yana bir rivoyatida, ochiqrog‘i keyin keladigan hadisda «Agar shumlanish biron narsada bo‘ladigan bo‘lsa» degan ma’no borligini e’tiborga olish zarurligini ta’kidlaydilar. Biz mana shu qavlni qabudga yaqinroq deb bildik. Chunki, boshqa hadislarda mazkurlarni saodat belgisi ekanligi ham aytilgan. Yana ba’zi hadislarda mazkurlar ham saodat va ham shumlanish boisi bo‘lishi mumkinligi aytilgan.Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Uch narsa odam bolasi saodatidandir. Uch narsa odam bolasining badbaxtligidandir. Odam bolasining saodati soliha ayol, solih maskan va solih markabdadir. Odam bolasining badbaxtligi yomon ayol, yomon maskan va yomon markabdadir», deganlar.Ushbu biz o‘rganayotgan hadisda, yuqoridagi ma’nolarni e’tiborga olgan holda aytadigan bo‘lsak, mazkur uchta narsada ehtiyot bo‘lishga chaqirilmoqda. Masalan, har bir kishi hovli olishda shart-sharoitni, qo‘ni-qo‘shnilarni yaxshilab so‘rab-surishtirishi kerak ekan. Aks holda bilmay biror bir noqulay, shum holatga tushib qolishi mumkin ekan. Ikkinchisi – erkaklar uylanayotganda, ayollar turmushga chiqayotganda bo‘lajak jufti halolini tanlashda juda ziyrak bo‘lishi, so‘rab-surishtirishi zarur ekan. Bilib-bilmay noqulay odam bilan qo‘shilib qolsa, umr bo‘yi afsus-nadomatda o‘tishi, turli ko‘ngilsizliklarga duchor bo‘lishi mumkin.Ot (bu erda markab ma’nosida) tanlash ham xuddi shunday. Asosan erkaklarning uzog‘ini yaqin, og‘irini engil qiladigan, doim birga yurib, birga turadigan ulovning ham biror yomon sifati bor bo‘lsa, boshiga kulfat kelib qolishi mumkinligini nazarda tutilmoqda. Olgan ulovi yoniga borsa tishlab, tepib, minsa yiqitib tursa keyin pushaymon bo‘lib yuradi.
5 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 145 | Hadislar