Dalnaboyshik namozi

Assalomu alaykum! Men latviy davlatiga fura haydash uchun ketayapman, 15 kun Riga shaxrida turaman. Menga mishina bergandan keyin 26 ta davlatni ichida yuramiz. Riga shaxriga 1 yilda 1 yoki 2 marta kelaman. Qolgan vaqtda shu davlatlarni ichida bo‘lamiz. Savolim shundan iboratki mana shu holatda namozimni qanday o‘qiyman, qasrmi yoki to‘liq?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Safar masofasi bo‘lgan biror shaharga 15 kecha kunduzdan oz muddatga niyat qilib yo‘lga chiqsangiz yo‘lda ham o‘sha shaharda ham qasr qilib o‘qiysiz. Agar o‘sha bir yil yuradigan shaharlaringizda yuqoridagi muddatda turishni niyat qilmasangiz o‘zingizni birinchi turgan shahringizga kelguncha qasr qilasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 185 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar