Jinlarni bo‘yinsundiradiganlar haqida
Assalomu alaykum! Jinlarni bo‘yinsundiradigan insonlar hozirgi kunda bormi? Qadimda payg‘ambarlar bo‘yinsundirganini eshitgan edik. Bir domla jinlarni bo‘yinsundirar ekan Ularni oldilariga borib farzandi yo‘g‘lar farzand so‘rab, ishi yurishmaganlar ishi yurishini so‘rab borar ekan. Shu domlaga borib dam soldirsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Jinlarni bo‘yinsundirish emas, aksincha ular bilan kelishib, oxiratini sotib ish tutadiganlar bor. U Ibrohim, Zakariyo alayhimassalomlardan ham Allohga yaqin ekanmiki ular o‘zlari payg‘ambar bo‘laturib o‘zlariga chin dildan yig‘lab-yig‘lab 40-50 yil farzand so‘rab duo qildilar! Farzandning nasib bo‘lishi 50-60 yilga kechikdi. Yoki Ayyub alayhissalomdan ham Allohga yaqin ekanmi, 18 yil og‘ir dard chekkanlar! Yoki o‘z da’vosicha Xudoning o‘rniga kichik bir xudochamiki Alloh bermagan narsani bera olsa! Bergan narsasini qaytara olsa! U firibgar va makkordan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar