Tafsiri Hilol haqida

Hurmatli ustoz, "Tafsiri Hilol" kitobingizni uqib chiqib, katta manfaatlar oldim va olmoqdaman. Alloh hayrli amallaringizning savobi Uz fazli va marhamati ila kupaytirib bersin va umringizni barokotli qilsin! Shu bilan birga qulimda bulgan 2008 yilda nashr qilingan "Tafsiri Hilol" nushasini uqish davomida yuzaga kelgan bazi mulohazalarni taqdim qilishga ijozat bergaysiz. Siz ila boshqa turli bog‘lanish yuli bulmaganligi va kamina horijda bulganligim sabab, ushbu erda yozishni maqul topdim. 1) "Tafsiri Hilol" da Tolaq surasining 8 oyati "Ko‘pgina qishloqlar o‘z Robbisinining amriga sarkashlik qildi." deb yozilgan. Quran.uz sahifasida ham shunday turibdi. Fikri ojizimcha shu erda "Robbisining" suzidan sung "va Uning payg‘ambarlarining" degan suz tarjimada tushib qolgan, ya‘ni "Ko‘pgina qishloqlar o‘z Robbisinining va Uning payg‘ambarlarining amriga sarkashlik qildi." bulishi kerak edi.2) Muzzammil surasining ohirgi 20 oyatida ma‘no "Albatta, Robbing seni kechaning uchdan biridan ozrog‘ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo‘lib o‘tkazayotganingni.." tarzda berilgan, tarjimada "uchdan biri" suzi ikki marta takrorlangan. Quran.uz sahifasida ham shunday turibdi. Chamamda bu erda tehnik hato bulib, bu suz ikki marta yozilib qolgan, aslida avvalgi urinda "uchdan ikkisi" bulishi kerak edi. Ya‘ni "Albatta, Robbing seni kechaning uchdan ikkisidan ozrog‘ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo‘lib o‘tkazayotganingni.. tarzda.3) Hashr surasining 11 oyatida esa "Tafsiri Hilol" da "Nifoq qilganlarning ahli kitobdan bo‘lmish o‘z birodarlariga" deb yozilgan. Quran.uz safihasida esa tug‘ri yozilibdi "Nifoq qilganlarning ahli kitobdan bo‘lmish kufr keltirgan o‘z birodarlariga".2011 yili "Tafisiri Hilol" kitobi yangi nashrdan chiqdi deb eshitgandim, bilmadim balki yuqoridagi tehnik hatolar allaqachon tuzatilgandir. Agar tuzatilmagan bulsa, bu kitobning eng chiroyli tarzda kitobhonlarga etib borishida uz hissamni qushayotganimdan bahtiyorman.Kamoli ehtirom ila shogirdingizJazakAllahu khayran
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Albatta, bu kabi katta ishlarda xatolar bo‘lishi bor. Sizga tashakkur. Bunga o‘xshash xatolarni tuzatishda birodarlaringiz imkoni boricha faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Hammadan doimo iltimos qilamizki, xatolarni ko‘rganda darhol bizga aytsinlar, sizga o‘xshab yozisinlar. Ajr oladilar.

5 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 178 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar