Sog‘ayib ketish uchun qurbonlik qilish
Assalomu alaykum! Jiyanim duduqlanadi, uni sog‘ayib ketishini niyat qilib, Allohning unga marhamat va rahm qilishini istab, qurbonlik qilishimiz joizmi? Agar joiz bo‘lsa, uni go‘shtini qanday taqsimlanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Falon ishim bitsa yoki bemorim shifo topsa, jonliq so‘yaman deyishning hukmi qanday bo‘ladi? Bir kishi falon ishim bitsa, qo‘y yoki mol so‘yaman desa yoki biror narsani nazr qilmay shukr qilish maqsadida jonvor so‘yib uni miskinlarga tarqatib yuborishni iroda qilsa, uning hukmi nima bo‘ladi?
Agar ishim bitsa, jonliq so‘yib miskinlarga ediraman desa, bunday kishi nazr qilgan kishi hisoblanadi va jonliq so‘yib miskinlarga edirishi lozim bo‘ladi. O‘zi uning go‘shtidan emaydi. Agar falon ishim bitsa bir jonliq so‘yaman desa-yu, miskinlarga tarqatishni qo‘shib aytmasa, bu so‘zi nazr qilish bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi, bu borada ixtilof mavjud. “Roddul muhtor”ning sohiblari falon ishim bitsa, jonliq so‘yaman deb, miskinlarga tarqatishni zikr qilmasa ham nazr bo‘lishini qo‘llab quvvatlagan.
Bir kishi mena falon ishim bitsa, uydagi qo‘yini yoki umuman bir qo‘yni qurbonlik qilaman, degan bo‘lsa, so‘ng ishi bitgach, o‘sha qo‘yni qurbonlik qilmay, tirikligicha sotib, pulini miskinlarga bersa bo‘ladimi?
Yo‘q, uni qurbonlik qilishligi vojibdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:32 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar