Namoz mustahablari

Assalomu alaykum! Namoz mustahablari orasida namozda tavoze va shikastalik bilan turish degan bandi bor ekan. Shuni tushuntirib bersangizlar iltimos. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimiz har bir insonni hurmatini joyiga qo‘yishga buyurgan. Ota-onani ko‘ziga tik qarashdan, ularni oldida qo‘llarini yonboshga qo‘yishdan, mensimasdan turishdan, ovozni baland ko‘tarishdan, gapirsalar teskari qarab eshitishdan qaytargan. Bu oddiy siz bilan bizni dunyoga kelishimizga sabab bo‘lgan zotlarning oldidagi holat. Endi olamlar Robbisining huzurida turganingizni his qilavering. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 142 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar