Yoshing etmaydi
BRR Assalomu Aleykum Ustoz! sog- salomatmisiz axli bay, jamoangizdagi birodarlar xam salomatmilar. Allox Islom diniga kilayotgan xayrli ishlaringizga xayr baraka bersin va 2 dunyo yomonliklaridan uz panoxida asrasin. Avvalo suyunchi bering Ustoz yangi bir xabar bilan boshlashga ijozat bersangiz. Niyat kilgandim Allox xoxlasa Kompyuter olsam Ustoz bilan yanada yakinrok alokada bulaman deb Alloxga siginib duolar kilgandim.mana Alloxni xoxishi bilan niyat kilib yurgan ishim amalga oshdi Kompyuterlik buldim. sizning menning xakkimga kilgan duolaringiz xam shu katorda Alxamdulillaxi robbil alamin. Endi sizga bir savolim bor Men Allox bizlarga farz kilgan 5 - arkon Xaj masalasida savol bermokchi edim.Men Xajga boraman deb Mir -Arab MAdrasasiga joylashgan Xaj bulimiga 2014- yilga Xajga borish uchun ruyxatga kuydim. Meni bir Pochcham shu madrasada ishlaydi.Utgan 2010 yilda bir marosimda utirganda Xaj xakida gap buldi. U kishi aytdilarki xar yili 4-5 kishi ayrim sabablarga (puli yuk. yoki chet elda va bosh) borolmadi dedilar.Bizlar usha 4-5 kishi urniga boshka yillardan (2011 to 2016 ) yilda ruyxatga kuyganlarni oldik dedilar. Men aytdim meni xam pullim tayyor deganimda menga kungirok kilish kerak edi dedilar men bilmagandim dedim.Pochcham aytdilarki xar yili shunaka 4-5 kishi borolmaydi men sizga aytaman puliz tayyor tursin dedilar.Mana 2011- yil xam keldi. Pochcham bilan kurishdim U kishi men sizni aytdim Komissiya a’zolariga ular yoshlari etmaydi Xajga borish 40 yoshdan debdilar. Xozir mening yoshim 32 da. Ustoz Xajga borish yosh tanlaydimi.Iltimos amaliy va ma’naviy yordam bering Ustoz.Niyatim xozir bizlar yosh ertaga yosh utgan sayin U erlarda ibodat kilishni uzi bulmaydiku.Yakinda Xajga borgan xojilar aytadiki yoshlikka borish kerak ekan yoshing utgandan keyin juda kiyin ekan deydilar. Ustoz maslaxat bering Allox kilayotgan xar bir ishingizga ulug ajru savoblar bersin A M I N.Duoda eslab turing!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Joy etishmasligidan shunday kelishilgan, menimcha. Yoshlar keyinroq bo‘lsa ham borish imkonlari bor. Yoki kattalarga imkon beraylik deyilgan. Duo qilib turing, Allohning O‘ziga oson.
5 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 157 | Haj va umra
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Joy etishmasligidan shunday kelishilgan, menimcha. Yoshlar keyinroq bo‘lsa ham borish imkonlari bor. Yoki kattalarga imkon beraylik deyilgan. Duo qilib turing, Allohning O‘ziga oson.
5 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 157 | Haj va umra