Turli mavzularda

Assalamu alaykum Shayx xazratlari!Berayotgan savollarim bir necha marta kaytarilgan, javoblar xam shuncha marotaba berilgandir, lekin bu saytni juda kup muxlislari borligi va ularni safi yanada kengayotganligi, savol-javoblarni kupchilik uchun yangilik va foydadan xoli bulmasligi extimolini Alloxdan umid kilib Sizga kuyidagi savollar bilan murojaat kilmokdaman: 1. Uzrli kishini toxarati kuyosh chikishi bilan sinadigan bulsa, poyabzalini echganda maxsini kunjisi tovoniga tushsa (lekin poyabzalini echayotganida toxarati bor, buzilmagan), keyingi toxaratlarda maxsiga masx tortsa buladimi?2. Orka peshobi bavldan keyin konab tursa, ba’zida sargish suyuklik kelsa (lekin xar kuni emas), kishi uzrli xisoblanadimi? Usha kishi xar bir namozga orka peshobni yuvadimi, bu narsa ayniksa shom namozida bilinadi, chunki azonni eshitib, peshobni yuvib, toxarat kilib jamoatga kushilganda 2- yoki 3-rakaatga ulguriladi. Yoki jamoatga kech kolmaslik uchun takvimdagi vakt buyicha (takvimdagi vakt b-n masjiddagi vaktda tafovut bor,lekin kuyosh botib bulgan buladi), ya’ni masjiddagi kursatilgan shomga azon vaktidan 10-12 minut ilgari, toxaratni yangilasa joizmi?3. Erkak kishi 28 yoshida namozni boshladi, bunda zimmasidagi 16 yillik kazo namozni ado kilish kerakmi, bu kazo namozlarini ukiyotganida nima deb niyat kilinadi va falon sana (masalan falon yil, oy, kun) ni kazo namozi deb anik aytish kerakmi?4. Kishi ishxonaga kelgach, ish boshlanganga kadar, ya’ni soat 8 ga kadar (kuyosh kutarilgan bulsa) 4 rakaat ishrok namozi va orkasidan yana 4 rakaat zuxo namozini ukib olsa buladimi, bunda zuxo namozini vakti kirgan buladimi, zuxoni ukishga boshka imkoniyat,ya’ni vakt yuk.5. Kishi safarga samolyot yoki poezdda ketayotganda junub bulib kolsa, guslni iloji yuk, tayammum kilishdan avval maniy tekkan a’zolar yuviladimi, kish bulsa va namoz (kuprok bamdod) vakti tigiz bulsa kiyimlar xam yuviladimi?6. «Ibodati islomiya» kitobida toxarat duolari arabiy imloda va uzbekcha talaffuzi va ma’nolari tarjimasi bilan berilgan bulib, shuni yod olib foydalanib kelayotgan edik, «Irfon» takvimida 2010 yilning 3-choragi sonida xam toxarat duolari kirill imlosida, lekin arab imlosi yuk, chop etildi. Iltimosimiz: kursatilgan mazkur ikkala adabiyotda duolar ba’zi joylari xar xil, agar iloji bulsa toxarat duolari arabcha matnda va ma’nolar tarjimasi bilan berilsa.7. «Xidoyat» jurnalini 2002-2003 yillardagi sonlarida imom va unga iktido kiluvchi tugrisida yozilgan bulib, unda:1) Imom takbir aytib rukuga ketishdan avval Alloxu akbar lafzini «a» xarfida xarakatni boshlab, «r» xarfida xarakatni tugatishi, shunga monand kiyomdan sajdaga ketayotganda va 2 sajda orasida xam shunga mos ravishda namozni ado kilishi aytilgan. Lekin rukudan kiyomga ketayotgan vaktdagi xarakat tugrisida yozilmagan; 2) Xuddi shunga uxshash, iktido kiluvchi xam imomni Alloxu akbar lafzidagi «r» xarfini aytgandan keyin xarakatni boshlash xakida yozilgan. Saxobalarni namozni shu tarzda ado kilishlari yozilgan, ammo xadislarni kim tomonidan rivoyat kilingani berilmagan. Lekin ming taassufki kupchilik namozxonlar bunga bilmaganidan yoki bilgani xam amal kilishmaydi, xolbuki imomdan avval sajdaga borish va boshni kutarish xakida kattik va’idlar kelganku. Kolaversa ba’zi imomlar xam bunga amal kilishmaydi, ya’ni xarakatni boshida takbirni aytmasdan, xarakat tugay deb kolgan vaktda takbirni aytishadi, kupchilik takbir aytilmasa xam imom bilan bir vaktda kiyomga, rukuga va sajdaga boraverishadi… Sizdan iltimos, shu narsalar xususida kimmatli vaktingizni ayamasangiz, chunki juda kupchilik Sizning ilmingiz va islom dunyosidagi nufuzingiz, yurtimiz musulmonlari uchun sa’y-xarakatingiz ularok chikarayotgan kitoblar e’tiboridan Sizning etkazayotgan ilmingizdan iloji boricha foydalanishga xarakat kilishyapti. Javobovingiz uchun oldindan raxmat, Allox Uzi kullasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savolni bittadan bering.

28 Aprel 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 179 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar