Kompyuter xizmati

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin savolim shuki biz yaqinda onlayn kompyuter xizmati tashkil qilmoqda edik. Bunda asosiy mijozlarimiz talabalar bo‘ladi, ularning mustaqil ish referatlarini tayyorlab berish joizmi? Ko‘pchilik talabalarga domlalari o‘zlaring mustaqil tayyorla deydi bu ishda topilgan pul halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Talabalarni bilimdan to‘sadigan va dangasalikka olib keladigan birovlarning ishlarini tayyorlab bermanglar. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar