SOVID-19 sababli Juma namozining qoldirilishi

Assalomu alaykum! Mana ko‘rib turibmizki SOVID-19 tufayli jamoat namozlari qoldirildi. Buning hukmi qanday? Jamoat namozlarining biror bir sabab bilan qoldirilishligi haqida hadisi shariflarda kelganmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Sahihul Buxoriy”da keladi. حَدَّثَنِي نَافِعٌ قَالَ: أَذَّنَ ابْنُ عُمَرَ فِي لَيْلَةٍ بَارِدَةٍ بِضَجْنَانَ، ثُمَّ قَالَ: صَلُّوا فِي رِحَالِكُمْ، فَأَخْبَرَنَا أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَأْمُرُ مُؤَذِّنًا يُؤَذِّنُ، ثُمَّ يَقُولُ عَلَى إِثْرِهِ: أَلَا صَلُّوا فِي الرِّحَالِ. فِي اللَّيْلَةِ الْبَارِدَةِ أَوِ الْمَطِيرَةِ فِي السَّفَرِ  Nofe’ so‘zlab berdi:
«Ibn Umar sovuq bir kechada Zajnonda* azon aytdi. Keyin: «Namozni maskanlaringizda o‘qinglar!» dedi. So‘ng bizga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarda sovuq yoki yomg‘irli kechada muazzinga azon aytishni, keyin ortidan: «Hoy, eshitinglar! Namozni maskanlarda o‘qinglar!» deyishni buyurar edilar», deb xabar qildi».

* Zajnon – Makkadan bir barid masofada joylashgan tog‘ning nomi. Imom Zamaxshariyning aytishicha, u bilan Makka orasida yigirma besh mil masofa bor. 1 mil = 1848 metr. (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy").  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar