Ayolimning qazo namozlari
Assalomu alaykum. Allohimga shukr mening onam juda yaxshi ayollar. Ayolimga munosabati menikidanda yaxshi desam ham bo‘ladi. Guruhdagi ba’zi savollarda keltirilgan namoz o‘qishiga qarshi bo‘layotgan qaynonalar haqidagi savolni o‘qib es-hushim yo‘qolyapti. Nahotki yurtimizda shunday odamlar bor?! Sizlarda ham shunday bo‘layotgandir. Savol berayotgan kelinlarga esa havasdaman. Sabab ayolimni namozga o‘rgatishim ozgina qiyin kechyapti. O‘qishni boshladi alhamdulillah, lekin to‘liq emas. Bomdod va Xufton. Boshqa namozlarni ham sekin-asta qo‘shib o‘qishlarini ohistalik bilan tushuntiryapman qo‘ldan kelgancha. Urib yoki juda ham qattiq turib o‘qitishni xohlamayman. Avvalida qattiq turdim, bo‘lmadi. Gap muloyimlikda ekan. Men har doim 5 vaqt namozga da’vat qilaman. Qo‘rqqanim, Bomdod va Xufton namozlardan boshqa qoldirilayotgan namozlarini vaqtida o‘qimasliklarida menga ham gunox yoziladimi? Niyatim yaxshilab namoz nima ekanligini tushuntirganimdan keyin qazolarni ham o‘qishliklariga buyuraman xudo xohlasa. Lekin bunga vaqt kerak. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh bardavom qilsin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:11 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh bardavom qilsin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:11 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush