ilm olishdagi to‘siq
Assalomu alaykum Shayx hazratlari.Men yaqinda chet elga magistraturaga o‘qishga kirdim. Bu erda bizning asosiy izlanish sohamiz "data mining" ya‘ni bir qancha to‘plam ma‘lumotlardan turli foydali bilimlarni ajratib olishdir. Bunday izlanishlar asosan juda katta ma‘lumotlar bazasiga ega bo‘lgan saytlarda o‘tkaziladi. Misol qilib fa’e book. ’om saytini keltirib o‘tish mumkin, bunda foydalanuvchilarning qilayotgan ishlari, o‘qiyotgan kitoblari, qiziqishlari bir joyga yoziladi so‘ng ushbu ma‘lumotlar analiz qilinib (xarakterda) bir biriga o‘xshash ikki foydalanuvchi topiladi. Hozirda bizning bo‘limda restoranlarni qidirish xizmati yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borilmoqda, bunga erishish uchun biz avvalo insonlar o‘zlari tomonlaridan yoziladigan bloglarini analiz qilib u erdan kimga, qaysi restoran, qanchalik yoqganligini aniqlaydigan tizim yasashga harakat qilib ko‘ramiz, undan so‘ng aniqlangan restoranlarga ommabopligiga qarab turli darajalarga ajratamiz va foydalanuvchining qidiruviga shunga asoslanib natijalar beramiz.Men ishlayotgan bo‘lim mening o‘qishimga va oylik harajatlarim uchun oylik to‘laydi. Chet mamlakatlarida ko‘plab restoranlarda alkogol ichimliklar iste‘mol qilinadi va shu sababli ushbu proektda qatnashish xavfga solyapti. Iltimos menga maslahat bering. Ma‘lumot o‘rnida yana shuni aytib o‘tmoqchi edimki biz ishlatadigan usullarda mahsulotning aynan bir turiga qarab (ya‘ni alkogol yoki shirinlik) restoran baholanmaydi, aksincha insonlarning shu restoran haqidagi fikrlariga qarab (xizmat ko‘rsatish, ozodalik, taomlarning mazasi) ajratiladi. Lekin keyinchalik mahsulot turiga qarab ham ajratish texnologiyasi qo‘shilishi ehtimoldan holi emas.Javobingiz uchun oldindan rahmat, Alloh taolo din uchun qilayotgan xizmatlaringizni o‘zingiz kutgandan ham ortiq taqdirlasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Birinchi yo‘nalish asosida ishlasangiz bo‘ladi. Mahsulotda bo‘lmaydi.
5 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 169 | Ta’lim va muta’allim
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Birinchi yo‘nalish asosida ishlasangiz bo‘ladi. Mahsulotda bo‘lmaydi.
5 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 169 | Ta’lim va muta’allim