Vrachlarning kasddan kuttirishi

Assalomu alaykum! Ayrim vrachlar ulardan shifo izlab kelgan bemorlarni qasddan yoki ma’suliyatsizliklari bilan kuttirishadi. Ya’ni, bemor kutayotgan vaqtida uncha muxim bo‘lmagan yoki keyinroq qilsa xam bo‘ladigan ishlarini yoxud televizor, telefonlarini titkilab o‘tirishadi. Bu bilan ular bemor oldida o‘zlarining obro‘si va "narx"larini oshirishga urinishadi. Biroq bemorga shuncha zulmni qilgach, ko‘rib bo‘lgach bemor ko‘ngildan chiqarib bergan pullarini xam olishadi. Iltimos, bu kabi shifokor va vrachlarga shu yo‘l bilan topayotgan pullarining qay daradaja xalolligi va ishlari qanchalik joizligi xaqida nasixat qilib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir jamiyatga ularning hojatlarini qondira oladigan miqdorda tabiblik kabi ma’lum bir kasb egalarini tayyorlash farzi kifoyadir. Farzi kifoyani bajarishni kim o‘z bo‘yniga olib shu ishga kirishgan bo‘lsa, u batahqiq ulug‘ ajr ustida bo‘ladi. Hizmat paytida bemorlarni davolashdan bo‘yin tovlasa o‘z zimmasiga olgan farzni bajarmayotgan bo‘ladi. Agar bu kasbni etarlicha insonlar ado qilib, boshqalardan farzni soqit qilgan bo‘lishsa, endi boshqalar uchun u mubohga aylanadi. Insonlarga manfaat etkazish, hojatini chiqarish, mushkulini aritishni niyat qilsa mandub bo‘ladi. Ajrga ega bo‘ladi.
Siz aytayotgan o‘sha o‘z narxi yoki obro‘sini oshirish uchun atayin bemorlarni kuttiradigan shaxslar uchun tabiblik farz emas, balki muboh bo‘lsa, u holda hech kim ularga qayta murojaat qilmasa, o‘zi shundoq ham muomalalarini to‘g‘rilab oladilar. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar