Zakot haqida savollarim

Assalomu alaykum! Er xotinning topganlari o‘rtada bo‘lsa va mol nisobga etgan bo‘lsa zakot beriladimi? Yoki har birlari alohida-alohida berishlari kerakmi(bunda kimning moli qanchaligi nomalum va mol ikkiga bo‘linsa nisobga etmay qolishi mumkin)?
Farzandlarga zakot berish mumkin emas ekan, agar farzand oila qurib boshqa bo‘lib chiqib ketgan bo‘lsa hammi?
Oilada voyaga etgan farzand bo‘lsa, uni ham biroz miqdordagi puli bo‘lsa masalan 2 mln, ota-onasining 14 mln puli bo‘lsa shu oila zakot berishi kerakmi?
Bir oiladan bir zakot bersa bo‘ladimi yoki har bir (voyaga etgan) oila azosi alohida berishi kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Savol: Er-xotin birgalikda tijorat qilsalar zakotlarini qanday ado qiladilar? Javob: Avvalo er-xotinning mulki aniq tayin qilingan bo‘lishi lozim. Chunki, ikkovlaridan birlari vafot etsa, taqsim qilinadigan meros tayin bo‘lishligi shart. Agar ajratib tayin qilib olmagan bo‘lsalar, u o‘rtadagi molni ikki tomonga taqsimlanganda har biriga nisob miqdoricha mol tegsa, ikkovlariga ham zakot lozim bo‘ladi. Agar taqsim qilinsa, ikkalalariga tekkan ulush belgilangan zakot nisobiga etmasa, u holda zakot bermaydilar (Opke masail unka hal). 2). Ha. Berib bo‘lmaydi. 3). Har kim o‘zining moli nisobga etgan bo‘lsa, o‘shandan beradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:23 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar