Zakotni farzandga bersa bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Onamlarni zakot nisobiga etgan tilla buyumlari bor. U buyumlarni biz farzandlar olib berganmiz. Onamlarni zakot berishga shaxsiy mablag‘lari yo‘q. Biz farzandlar Onamiz nomlaridan zakot bersak bo‘ladimi? Va shu zakotni o‘zimizning aka-ukaga bersak joizmi yoki berib bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U buyumlar onangizni shaxsiy mulkiga aylangan. Shuning uchun zakoti ham onangizni zimmasiga yuklanadi. Chiqaradigan zakotning miqdorini ham onangizga qo‘liga beringlar. Onangiz zakotim deb niyat qilib, Allohdan qabul qilishini so‘rab, o‘zining farzandlari bo‘lmagan, ota-onalardan ham bo‘lmagan, bobo-buvilaridan tashqari begonalarga mulk qilib bersin. Sizlarni zakuotiga vakil qilishi ham mumkin, ya’ni sizlar onangiz nomidan zakotlarini haqdorlariga berasiz. Sizni aka-ukangiz ham onangizni farzandlari bo‘lsa onangiz zakotini o‘z farzandlariga berishi joiz emas. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 150 | Zakot