Qarz va luqma haqida

Assalomu Alaykum Shayx Xazratlari. Bir savolim bor edi. Inson harom luqma esa halqumi buziladi deyiladi. Sizdan so‘ramoqchi bo‘ganim: Bir kishi namozxon, ibodatga ixloslik ammo hozirda ishsiz va bo‘ynida qarzi ko‘payib borayotgan bo‘sa, odamlardan (majbur yolg‘on gapirib) "ishga" deb pul olib, odamlarni norizo qilmay, va‘damga xilof ish qilmay, vaqtida qaytaray deb, undan-bunga, bundan-unga qilib pul olib qarzga botib ketayotgan bo‘sa. Kechayu-kunduz Alloh taolodan qarzlariga najot va o‘ziga halol bir kasb so‘rab, zakotga, Hajga, ehsonga qodir qilishini va o‘g‘illaridan qorilar, olimlar chiqishini so‘rab duolar qilayotgan bo‘sa, Va shu yo‘sinda odamlardan ishga deb olayotgan pullari orasida Oila-a‘zolarini ham boqayotan bo‘sa, Uyga kelayotgan rizq va oilasi eyayotgan luqma Halol bo‘ladimi yoki Harom? Sizdan bir Iltimos Shayx xazratlari savolimga javob bersangiz va yuqorida zikr qilingan qarzdor kishiga biror maslahat bersangiz va javobingizni o‘zimga yuborsangiz. Iltimos qilaman sizdan Ustoz,iltimos. Javobingiz uchun oldindan katta rahmat! Alloh taolo ilmingizni yanada ziyoda qilsin va qalbingizdagi Shariy barcha maqsadlaringizga Alloh taolo O‘zi etkazsin. Amiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu tarzda ish yuritish mumkin emas. Niyatlar va duolar yaxshi. Ammo odamlardan qarzni yolg‘on gapirib olib, boshqa narsaga ishlatish joiz emas.

5 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar