Biz gunoxga moilligimiz va Allox taolo mag‘firatda qanchalik sermag‘firatligi
Assalomu alaykum! Men qilgan gunoxlarimni tan olib, tavba qilsam, qabr azobisiz, jaxannamga vaqtinchalikka ham kirmay, to‘g‘ri jannatga kirish imkoniyatim bormi, yoki Alloh taolo meni baribir jazolaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh mag‘firat qilsa jazolamaydi.
Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi: مَّا يَفْعَلُ اللّهُ بِعَذَابِكُمْ إِن شَكَرْتُمْ وَآمَنتُمْ وَكَانَ اللّهُ شَاكِرًا عَلِيمًا 147. Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladi?! Alloh ko‘p savob beruvchidir, o‘ta biluvchidir.
Alloh taolo noshukr va kofir bandalarni nima uchun azoblaydi? Ularni azoblashdan biror foyda topadimi? Yoki ularni azoblashdan lazzat oladimi? Albatta, Alloh noshukr va iymonsizlarni azoblashdan hech foyda topmaydi va ularni azoblashdan lazzat ham olmaydi.
«Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladi?!»
Bu azobning asosiy sababi bandaning shukr qilmagani va iymon keltirmaganidir. Noshukr va iymonsiz kimsa qilgan xatosi evaziga to‘g‘ri yo‘lga qaytsin, deb bu dunyoda azoblanadi. Uni oxiratda azoblash esa noshukrligi va kofirligining jazosidir. Aslida
«Alloh ko‘p savob beruvchidir, o‘ta biluvchidir».
Ya’ni shukr qilgan bandalaridan rozi bo‘ladi va ularga ulug‘ ajrlarni beradi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 148 | Aqiyda