Jinsini o‘zgartirish
Assalomu alaykum! Yaqinda "Imomning maneken qizi" nomli bir kitobni o‘qigandim. Unda bir o‘g‘il bola jinsini o‘zgartirgan-qiz bola bo‘lgan va qizlar bilan birga dugona sifatida yurishni boshlagan. Keyinchalik u hayotidagi hamma yomon ishlaridan afsuslandi, tavba qilmoqchi bo‘ldi, lekin endi Alloh meni kechirarmikan deya ikkilandi. Shunda menda ham shunday savol tug‘ildi. Asarni oxirigacha o‘qib tugatdim hamki savolimga javob topolmadim, asar qahramoni ham o‘zligiga qayta olmay qoldi. Bunday holatda ya’ni jinsini o‘zgartirishlik hukmi qanday? Og‘ir gunohligini bilamiz lekin bu holatni Alloh kechirishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jinsni o‘zgartirish og‘ir gunoh. Odam nima gunoh qilsa ham undan keyin qiladigan tavbasi va tavbasida sobit turishiga qaraladi. Nasuh tavba qilsa har qanday gunohi albatta kechiriladi. Vallohu a’lam!
16 Oktabr 2023, 14:58 | Savol-javoblar | 0 | Kitoblar