Tasbeh aytganda qo‘lini tepaga ko‘tarish
Assalomu alaykum! Ustozlar namozdan keyingi tasbehni goh qo‘lda goh tizmali tasbehda qilamiz. Jamoatda ba’zilar tasbehni yoki qo‘lini ko‘krak barobarida ko‘tarib turishadi. Savol: Yuqoridagi holatda qo‘llar beldan pastda turishi yomon holatmi? Buni savol qilib berish niyatim yo‘q edi, lekin yaqinda ayni shu mavzuda bir tanqidga uchradik. Ya’ni qo‘limizni ko‘tarib turmaganimiz uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ahamiyat beriladigan narsa emas. Bizning dinimiz ergashish dini. Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalarga ergashamiz. Ulardan birortalari ham tasbeh aytayotib qo‘llarini tepaga ko‘tarib olganlari haqida rivoyat qilingan emas. Odatda shu kabi mayda narsalarni bahs qilib yuradigan odamlar boshqa tomondan harom yoki makruhlarga parvo qilishmaydi. Odamlar orasida o‘zlarini ajralib turadigan amallarni qilishni istashadi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 07:23 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar