Aqiyiqa qilishda adashdikmi?

Assalomu alaykum! Aqiqaga qo‘y so‘ydik va so‘ygandan keyin necha kilo go‘sht chiqsa kilosiga 39 mingdan berishga savdolashdik. So‘yib bo‘lgandan keyin tarozuga tortib darrov pulini berdik. Keyin go‘shtni tarqatdik. Amakim aytdilarki, aqiqa emas, shunday go‘sht tarqatibsizlar dedi. Boshqa qo‘y so‘yib aqiqa qilaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Amakingiz to‘g‘ri aytibdilar, Alloh rozi bo‘lsin. Qaytadan qilinglar. Aqiyqadan maqsad qon chiqarish. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 06:56 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar