Onam dabdaba hoxlayaptilar

Assalomu alaykum! Bir necha yil oldi akam uylanib farzandli bo‘ldilar. Otam akam va man isrofsiz va faxsh ishlarsiz xalqqa e’lon qilmoqchi bo‘ldik. Onam xafa bo‘ldilar. Keyin akam bir ilmi kuchli insondan maslahat so‘radilar. U kishi onangizni rozi qiling debdi. Bu gapni onam eshitib qattiq turib oldilar. Majburan hoxlaganlaridek to‘y va tug‘ruqxonadan chiqish marosimlarini o‘tkazdik. Inshaa Alloh yaqinda uylanaman. Onam yana dabdaba hoxlayaptilar. Endi man nima qilay? Allohga osiy bo‘ladigan ishlarda mahluqqa itoat etilmaydiku. Onamni gaplariga kirsam Allohga osiy bo‘lib qolmaymanmi? Javobingizni telegramga ham qo‘yinglar onam ham kuzatib boradilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh va rasuliga itoat qiling. Ular beli og‘rib pul topishmaydi. Isrof bir kuni albatta o‘z kasofatini ko‘rsatadi. To‘g‘ri inson tavba qilishi uchun biroz vaqt o‘tishi mumkin. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar